Qiymati 6 milliard soʻmga yaqin uyali aloqa vositalarining chetdan noqonuniy olib kirilishiga chek qoʻyildi

08:45 23 Oktyabr 2023 Jamiyat
312 0

Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan viloyat DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda “Fargʻona — Toshkent” yoʻnalishida harakatlanayotgan fuqaro boshqaruvidagi “Сobalt” rusumli avtotransport vositasi Namangan viloyatiga kirish maskanida toʻxtatilib koʻzdan kechirilganida avtotransport vositasining saloni va yukxonasida chetdan noqonuniy olib kirilayotgan, xorijda ishlab chiqarilgan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan dastlabki qiymati 5 mlrd. 788,9 mln. soʻmlik jami 24 turdagi 550 ga yaqin uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер