Qiymati 4 mlrd. soʻmlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi

16:11 03 Mart 2023 Jamiyat
660 0

Bojxona qoʻmitasining Toshkent viloyati bojxona boshkarmasi Kontrabandaga karshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan Toshkent viloyati davlat xavfsizlik xizmati, ichki ishlar idoralari va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda poytaxtimizning Mirobod tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tezkor tadbirda xonadonlardan biri belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, bu yerda xorijda ishlab chiqarilgan va noqonuniy yoʻllar bilan olib kirilgan 144 turdagi 228 ming 144 quti tamaki mahsulotlari noqonuniy ravishda saqlanayotgan ekan.

Ushbu holatda olib qoʻyilgan tamaki mahsulotlari Oʻzbekiston Respublikasining aksiz markalari hamda raqamli markirovka kodlari bilan qadoqlanmagan. Shuningdek, sigaretlarning inson salomatligiga zarari haqida dogohlantirishlar ham mavjud emas. Ayni shu jihatning oʻzi mazkur sigaretlarning asosiy qismi kontrafakt mahsulotlar ekanligini anglatadi.

Yurtdoshlarimiz salomatligiga ziyonidan tashqari davlat byudjetiga yetadigan zarar koʻlami ham kichik emas. Ushbu holatda olib qoʻyilgan sigaretlarning umumiy qiymati 4 mlrd. soʻmdan oshmoqda. Modomiki, ushbu tamaki mahsulotlari ichki bozorga chiqib ketganida, davlat byudjetiga 2 mlrd. 528 mln. soʻm miqdorida zarar yetkazilgan boʻlar edi.

Eslatib oʻtamiz, respublikamiz bojxonachilari 2022-yil hamda 2023-yilning oʻtgan davri mobaynida aniqlangan 383 ta holatda qiymati salkam 37 mlrd. soʻmlik 2 173 128 quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy olib oʻtilishi va ichki hududdagi aylanmasiga chek qoʻyishdi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер