“… qiyin, ammo samarali boʻldi” — Rossiya delegatsiyasi rahbari Jenevada oʻtgan Rossiya va Ukraina muzokaralariga izoh berdi
Illyustrativ foto
Shu yilning 17-18-fevral kunlari Jenevada Rossiya, Ukraina va AQSH delegatsiyalari ishtirokida Ukraina mojarosini hal qilish boʻyicha muzokaralar boʻlib oʻtdi
Rossiya prezidentining yordamchisi, rus delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy muzokaralar qiyin, ammo samarali boʻlgani aytdi.
“Maʼlumki, muzokaralar ikki kun davom etdi, kecha juda uzoq vaqt, turli formatlarda va bugun ham taxminan ikki soat davom etdi. Ular qiyin, ammo samarali boʻldi”, — dedi Medinskiy.
U shuningdek, yaqin orada Ukraina boʻyicha yangi uchrashuv boʻlib oʻtishini taʼkidladi.
Avvalroq, Sankt-Peterburg davlat universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti Yevropa tadqiqotlari kafedrasi professori Stanislav Tkachenko Rossiya, Ukraina va AQSH oʻrtasidagi 23-24-yanvar va 4-5-fevral kunlari Abu-Dabida boʻlib oʻtgan uch tomonlama uchrashuvlar Kiyevning qurolli mojaroni hal qilish boʻyicha muzokaralar olib borish qobiliyatiga taʼsir koʻrsatganini aytgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring