Qibrayda uch nafar egizak tugʻildi

09:58 14 Iyul 2021 Jamiyat
1011 0

Toshkent viloyati Qibray tumanidagi “Qurilish” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi Yelemesovlar oilasida bir yoʻla uch nafar egizak farzand dunyoga keldi.

Chaqaloqlarning ikki nafari qiz, bir nafari oʻgʻil boʻlib, ularga Fotima, Zuhra va Muhammadyusuf, deb ism qoʻydi.

Hozir Toshkent viloyat perinatal markazida egizaklar shifokorlar nazoratida. Ayni paytda ona ham, egizaklar ham sogʻlom.

Qibray tuman FHDYO boʻlimi mudirasi Saodat Mirzairova chaqaloqlarga tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani egizaklarning otasi Meken Yelemesovga topshirdi. Uning maʼlum qilishicha, 2021-yilning 13-iyul kuniga qadar Qibray tumanida 2 ming 329 nafar bola dunyoga kelgan boʻlib, uch egizakning tugʻilish joriy yilda ilk marotaba qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер