Qibrayda qurilish mollari doʻkoni yonib ketdi
Videodan kadr
Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan yashash uyi va qurilish mollari doʻkonida yirik yongʻin yuz berdi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 23-iyul soat 10:50 da viloyat FVBga Qibray tumani “Gʻ.Gʻulom” MFY, “A.Navoiy” koʻchasida joylashgan yashash uyi va qurilish mollari doʻkonida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, yongʻinni oʻchirish uchun 5 ta yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 10:57 da voqea joyiga borib, 11:17 da alangani oʻrab olgan va soat 11:50 da yongʻin toʻliq oʻchirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar toʻgʻrisida murojaat kelib tushmagan. Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va yetkazilgan zarar aniqlanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring