“Qeshm Air” Tehron va Samarqandni bogʻlamoqchi
Eronning Qeshm Air aviakompaniyasi 21-iyundan boshlab Tehron bilan Samarqandni toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar orqali bogʻlash niyatida.
21-iyundan Tehron-Samarqand-Tehron yoʻnalishida muntazam yoʻlovchi qatnovlari yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda. Reyslar haftasiga bir marta - chorshanba kunlari shinam Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilishi kutilmoqda.
Qeshm Air — 1993-yilda tashkil etilgan, shtab-kvartirasi Tehronda joylashgan Eron aviakompaniyasi boʻlib, mahalliy va xalqaro yoʻlovchi reyslarini, shuningdek, charter reyslarini amalga oshiradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring