Qayum boboning shijoati
Foto: Халқ сўзи
91 yoshli Qayum bobo Yormatov keksayib qolganiga qaramay, bugun ertalabdan Kattaqoʻrgʻon tumanidagi 394-saylov uchastkasiga borib, oʻzining fuqarolik burchini ado etdi.
- Prezidentlik saylovida barcha kabi men ham oʻzim munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdim. Saylov - bu har bir kishining oʻz tanlovi. Kishi qay bir nomzod bilan oʻz kelajagini koʻra olsa, oʻshani qoʻllab-quvvatlab ovoz beradi. Men ham keksa avlod vakili sifatida farzandlarim va nabiralarimning ertangi kuni yanada porloq boʻlishi uchun imkoniyat yaratib beradigan nomzodga ovoz berdim, - deydi shijoatu dadillikda yoshlardan kam boʻlmagan Qayum ota.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring