Qator qonun hujjatlari talablari Soliq kodeksiga moslashtirildi
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan 10 ta qonun va 2 ta kodeks talablari Soliq kodeksiga moslashtirildi.
Xususan, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish kiritilib, tadbirkorlarni tekshirishning amaldagi tartibi bekor qilinib, tekshirish talabi Soliq kodeksiga moslashtirildi.
Endi tadbirkorlarni tekshirish “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida amalga oshiriladi.
Bundan buyon soliqlarning kameral tekshiruvidan boshqa barcha tekshirishlar elektron tizimda roʻyxatga olinadi.
▪️ Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatga olmasdan oʻtkazilgan tekshiruvlar qonunga xilofdir.
▪️ Oʻtkazilgan tekshiruvlar natijalari nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar tugatilgandan keyin uch kun ichida Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimiga kiritiladi.
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring