Qator deputatlar Spikerdan isteʼfo talab qilishmoqda

16:50 14 Dekabr 2018 Dunyo
1671 0

Illyustrativ foto

Moʻgʻiliston parlamentidagi qator deputatlar spiker Miyeegombin Enxbolddan koʻngilli ravishda isteʼfoga chiqishini soʻrashyapti.

Xalq vakillari unga shu boʻyicha rasmiy xat yoʻllagan deb yozadi CA-news. Unga 39 nafar deputat imzo chekkan. Ushbu jarayon ayrim deputatlar hamda vazirlar spikerdan isteʼfo talab etib yalpi majlis va parlament qoʻmitalari yigʻilishlariga boykot eʼlon qilganlaridan soʻng amalga oshirildi. Taxminlarga koʻra, bunga oʻzaro manfaatlar toʻqnashuvi sabab boʻlgan. Bir guruh shaxslar amaldagi hukmdor partiya - Moʻgʻil xalq partiyasining ayrim mansabdor shaxslarini oʻz xizmat vakolatlarini suiisteʼmol qilgan deb hisoblamoqda. Gap shundaki, M. Enxbold va uning tarafdorlari oʻz vakolatlaridan 2016 yilga parlament saylovlarida foydalangani aytilyapti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер