Qashqadaryodan soʻng Andijonda ham uchta tuman kadastr boʻlimi rahbarlari ishdan olindi

13:19 03 Mart 2020 Jamiyat
1503 0

Yaqinda Davergeodezkadastr qoʻmitasi raisi Abdushukur Abdullayev Qashqadaryo viloyatida oʻtkazgan yigʻilishida 10 nafar rahbar va xodimlarni egallab turgan vazifasidan ozod etgan edi.

Shundan soʻng qoʻmita raisi Andijon viloyati yer resurslari va davlat kadastri rahbar hamda xodimlari ishtirokidagi yigʻilish oʻtkazdi.

Unda oʻz vazifalariga sovuqqonlik bilan qarab, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga oid Farmon va qarorlari, hukumat qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlamaganliklari, oʻzi masʼul boʻlgan hududda yetarli darajada ishni tashkil etmaganligi uchun Ulugʻnor, Jalaquduq va Shahrixon tumanlari kadastr boʻlimlari rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, yer maydonlaridan foydalanishni nazorat qilish ishlari va xatlovlar yakuni boʻyicha tumanda yetarli darajada ish tashkil etmaganligi uchun Izboskan, Qoʻrgʻontepa tumanlari hamda Andijon shahar filial rahbarlariga intizomiy jazo berildi.

Yigʻilishda qoʻmita raisi boʻsh turgan yer maydonlarini “Auksion” savdolariga qoʻyish Andijon viloyatida “qoniqarsiz” holatda ekanligi, viloyatda 6500 gektar atrofida boʻsh turgan yer maydonlari mavjudligiga qaramasdan noqonuniy ravishda uy-joylar va ijtimoiy obyektlar qurilishi asosan ekin yerlarda amalga oshirilayotganligi jiddiy tanqid qildi.

Eng ogʻriqli masala korrupsiya xususida toʻxtalib Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha “Andijon usuli”ni tashkil etish va Respublikada namuna boʻlishga chaqirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер