Qashqadaryodagi oliy o'quv yurtida 40ga yaqin daraxtlar noqonuniy kesib tashlangan

13:46 24 Yanvar 2022 Jamiyat
1150 0

Ijtimoiy tarmoqda Qarshi davlat universitetda koʻplab daraxtlarning kesilganligi toʻgʻrisidagi murojaat yuzasidan  2022-yil 13-15-yanvar kunlari Davlat ekologiya qoʻmitasining davlat inspektorlari tomonidan joyiga chiqib oʻrganish ishlari olib borildi. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻrganishlar davomida Qarshi davlat universiteti tomonidan Yagona davlat interaktiv xizmatlari portali orqali davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlarni kesish uchun uch marotaba murojaat qilinganligi, oʻz navbatida Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan mazkur murojaatlarga rad javobi berilganligi maʼlum boʻldi.

Oʻrganishlar natijasida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan rad javobi berilganligiga qaramasdan jami 38 tup daraxt noqonuniy kesilganligi aniqlandi. Huquqbuzarlikka aloqador shaxslardan tushuntirish xatlari olindi. Mazkur qonunbuzarlik holati boʻyicha oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar 267 543 000 soʻm miqdorida hisoblandi. Huquqbuzarlikka oid materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.

Oldinroq, bir tup daraxt kesgan fermer salkam 6 million soʻm jarimaga tortilgan edi. Shuningdek, Nukusda nomaʼlum shaxslar 300 dan ortiq daraxt shoxlarini kesib tashlagani haqida maʼlum qilingan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер