Qashqadaryodagi 65 ming gektar tomorqadan 24 ming gektarida suv muammo — Shavkat Mirziyoyev

15:30 15 Aprel 2022 Siyosat
813 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Aholi tomorqalarida eng katta muammo – suv taʼminoti boʻlayotgani qayd etildi.

“Misol uchun, Qashqadaryodagi 65 ming gektar tomorqadan 24 ming gektarida suv muammo. Buning sababi – tuman hokimlari suv tarmoqlarini tiklash, quduqlar qazish, ariq va zovurlarni tozalash ishlarini vaqtida lozim darajada bajarmagan”, dedi davlat rahbari.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga:

— ekin turlari joylashuvidan kelib chiqib, aholi tomorqalarini sugʻorish uchun 4 milliard kub metr suvni taqsimlash;

— har bir mahalla kesimida ariq ochish, tozalash, tarmoqlarni tiklash boʻyicha grafikni tasdiqlab, ishlarni boshlash topshirildi.

Bu ishlar uchun respublika byudjetidan 50 milliard soʻm, mahalliy byudjetlardan yana 50 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.

Shu bilan birga, Qoʻshrabot, Nurobod, Konimex, Peshku, Chiroqchi, Jarqoʻrgʻon, Boysun, Ohangaron, Gʻallaorol, Fargʻona kabi tumanlarida suv taʼminoti ogʻir mahallalarda quduq qazish va nasos oʻrnatish xarajatlarining bir qismini qoplashga byudjetdan 50 milliard soʻm ajratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер