Qashqadaryoda “Vatanparvar” tashkiloti raisi oʻrinbosari pora bilan qoʻlga tushdi

11:19 09 Sentyabr 2025 Jamiyat
274 0

Videodan kadr

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida joylashgan “Vatanparvar” tashkilotining viloyat kengashi raisi oʻrinbosari pora olayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati asosida DXX hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda Qarshi shahrida joylashgan “Vatanparvar” tashkilotining viloyat kengashi raisi oʻrinbosari ariza muallifining oʻgʻliga imtihonsiz haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga, xizmat xonasida 20 mln soʻm pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер