Qashqadaryoda subsidiya asosida uy-joy olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

10:31 11 Dekabr 2024 Jamiyat
401 0

Illyustrativ foto

Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanida subsidiya asosida uy-joy olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bildirilishicha, Departamentning Gʻuzor tumani boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.

Tadbir davomida fuqaro A.I. (muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan) fuqarolar M.H. va uning singlisi M.H.ga goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida subsidiya asosida uy-joy olib berishini aytib, ularning ishonchiga kirgani aniqlangan.

Bu ishi evaziga u jami 1,6 ming AQSh dollari va 3,8 mln soʻm pullarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan. Hozirda ushbu pullarning 6 mln soʻmi qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер