Qashqadaryoda oʻnga yaqin IIB amaldori lavozimidan ozod etildi

13:41 25 Mart 2025 Jamiyat
281 0

Qashqadaryo viloyatida oʻtkazilgan kompleks inspektorlik tekshiruvi natijalari yuzasidan Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpoʻlatov tomonidan hisobot yigʻilishi oʻtkazildi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Unga koʻra, oʻtkazilgan yigʻilish davomida xizmat faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan sohaviy xizmatlar hamda hududiy IIB rahbarlari faoliyatiga huquqiy baho berilgan.

Jumladan, Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan viloyat IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻining oʻrinbosari, viloyat IIB Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, Roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon olish boʻlimi boshligʻi, Koʻkdala va Kitob tumanlari IIB boshliqlari, Koson va Kasbi tumanlari IIB boshliqlarining birinchi oʻrinbosarlari, Muborak tumani hamda Qarshi shahri IIB Jamoat xavfsizligi xizmati boʻyicha oʻrinbosarlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Bundan tashqari, viloyat IIB boshligʻining Jamoat xavfsizligi boʻyicha oʻrinbosari, Tergov boshqarmasi boshligʻi, Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshligʻi, Yoʻl harakati xavfsizligi Qidiruv-surishtiruv boʻlinmasi boshligʻi, Kasbi tumani IIB boshligʻi va uning Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, Qarshi shahar, Koson va Muborak tumani IIB boshliqlariga keskin intizomiy jazolar qoʻllanilgan.

“Yigʻilishda asosiy eʼtibor ichki ishlar organlarining rahbarlari va sohaviy xizmat yoʻnalishlarning masʼullarini ish natijadorligi uchun shaxsiy javobgarligini oshirishga, xodimlar tomonidan xizmat intizomi va qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etishlarini nazorat tizimini takomillashtirishga qaratildi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер