Qashqadaryoda mahalladoshi bilan oʻz chaqalogʻini sotayotgan ayol ushlandi
Foto: Arxiv surat
Qashqadaryoda chaqalogʻini mahalladoshi bilan til biriktirib sotayotgan ayol ushlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Kunchiqar mahallasida ijarada yashovchi ayol katta pul orttirish maqsadida mahalladoshi bilan til biriktirib, ikki oylik chaqalogʻini sotmoqchi boʻldi. Voqeadan xabar topgan huquq-tartibot idoralari xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ular Yakkabogʻ tumani “Oqtosh” MFY hududida joylashgan restoranda “xaridor”ga chaqaloqni 50 million soʻmga sotayotgan vaqtida ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan ikki ayolga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent shahar sudi boshqa bir ayol va uning onasini chaqaloq sotishga uringanlikda ayblagandi. Shuningdek, Oʻzbekistonda yangi yilning ilk kunida qancha chaqaloq dunyoga kelgani ochiqlangandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring