Qashqadaryoda “Lacetti” yuk tashuvchi teplovoz bilan toʻqnashdi
4-noyabr kuni soat 20:00 da Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida 29 yoshli S.T. “Lacetti” avtomobilida temir yoʻl kesishmasiga chiqib ketib, “Buxoro-Qarshi” yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan yuk tashuvchi teplovoz bilan toʻqnashgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.
Hodisa oqibatida “Lacetti” rusumli avtomobil haydovchisi olgan ogʻir tan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring