Qashqadaryoda kuchli yomgʻir natijasida katta avtomobil yoʻli oʻpirilib tushdi (foto)
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida joylashgan katta avtomobil yoʻli kuchli yomgʻir yogʻishi oqibatida oʻpirilibdi tushdi. Ijtimoiy tarmoqlarda oʻpirilib tushgan yoʻl suratlari tarqaldi.
Qayd qilinishicha, mazkur voqea tumanning Oqrabot mahalla fuqarolar yigʻinida sodir boʻlgan. Togʻ-adirliklardan iborat hududda kuchli yomgʻir yogʻishi natijasida yer yumshab, asfalt qoplangan yoʻl oʻpirilib ketgan.

Guvohlarning aytishicha, bu vaqtda yoʻlning mazkur qismida mashinalar harakatlanmagan. Shu boisdan hech qanday texnik vositalari va odamlar jabrlanmagan.

Eslatib oʻtamiz, oldinroq Qashqadaryoda kuchli yomgʻir natijasida koʻprik qulab tushgani, shuningdek Oqrabotdan oʻtuvchi poyezdi yoʻli ham choʻkib, izdan chiqib ketgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring