Qashqadaryoda isteʼmolga yaroqsiz yogʻ mahsulotlari ishlab chiqarayotgan xonadon aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.T. oʻz uyining yordamchi xoʻjaligida yashirin sex tashkil qilib, isteʼmolga yaroqsiz yogʻ mahsulotlari ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, 410 litr qoʻlbola yogʻ, 522 kg chigit, 4 dona elektr dvigatel, juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring