Qashqadaryoda isteʼmolga yaroqsiz goʻsht toʻxtatib qolindi

11:44 31 Yanvar 2024 Jamiyat
178 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Koʻkdala tuman boʻlimi tomonidan YHXB xodimlari bilan hamkorlikda “Umakay” YPX maskanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Qarshi-Samarqand” yoʻnalishi boʻyicha harakatlanib kelayotgan “Cobalt” rusumli avtotransport toʻxtatilib koʻzdan kechirilganda, fuqaro Х.Ғ. xavfsizlik talablariga javob bermaydigan qoramol goʻshtini oʻtkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, jami 300 kg goʻsht ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер