Qashqadaryoda haydovchi IIB xodimlariga atrofdagilarning hayoti va sogʻligʻiga xavf solgan holda qarshilik ko'rsatdi

11:34 29 Noyabr 2021 Jamiyat
973 0

Qashqadaryoda IIB xodimlarining qonuniy talabiga boʻysunmagan haydovchi atrofdagilarning hayoti va sogʻligʻiga xavf solgan holda voqea joyidan qochib ketishga urindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa 2021-yil 27-noyabr kuni soat 16:10 larda Chiroqchi tumanida sodir bo'lgan. 

“Lacetti” rusumli avtomobil haydovchisi H.A. qoidabuzarligi uchun toʻxtatilgan. Biroq haydovchi qonuniy talablarga bo'ysunishdan bosh tortgan va voqea joyidan qochishga uringan.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

Haydovchi H.A. ga nisbatan Chiroqchi tumani prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan hamda u JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida” gi qonuniga muvofiq, xodimlarga jinoyatlarga va maʼmuriy huquqbuzarliklarga chek qoʻyish uchun jismoniy kuch, maxsus texnika vositalari yohud qurol ishlatish vakolati berilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер