Qashqadaryoda “Cobalt”ni ulkan tosh bosib qoldi
Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarini bogʻlovchi “Taxtaqoracha” dovonida koʻchki yuz berib, “Cobalt”ni ulkan harsang tosh bosib qoldi. Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati shu boisdan dovonda avtomobillar harakati vaqtincha toʻxtatilganini maʼlum qildi.
Bildirilishicha, hodisa bugun, 6-noyabr kuni M-39 avtomobil yoʻlining Kitob tumanidan oʻtgan 1138-kilometrida sodir boʻlgan.
“Dovonining qayta ochilishi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi”, deyiladi YHXX xabarida.
Turli manbalar mazkur baxtsiz hodisa oqibatida 3 kishi halok boʻlgani haqida yozmoqda. Rasmiylar voqea haqida hozircha batafsil maʼlumot bermadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring