Qashqadaryoda ayol uni boʻgʻib oʻldirmoqchi boʻlgan mast erini oʻldirib qoʻydi
Qashqadaryo viloyatida ayol uni boʻgʻib oʻldirmoqchi boʻlgan mast erini oʻldirdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 5-dekabr kuni soat taxminan 18:00 larda Koson tumanidagi uylardan birida oilaviy janjal kelib chiqib, mast holatda erkak xotinini haqoratlab, tepib, boʻgʻib oʻldirmoqchi boʻlgan.
Ayol ojizlikdan oshxona pichogʻini qoʻliga olib, eriga sanchgan. Erkak jarohatdan vafot etdi.
Ayolga nisbatan jinoiy ish ochilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring