Qashqadaryoda ayol erini oʻldirib, murdasini quduqqa tashlab yubordi
Illyustrativ foto
Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanida ayol erini oʻldirib, murdasini quduqqa tashlab yubordi. Bu haqda “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov xabar berdi.
Uning Facebook sahifasida yozishicha, marhum 40 yoshlar atrofida boʻlgan, uning jasadi ekspertizaga olib ketilgan.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning “Xalq soʻzi”ga maʼlum qilishicha, ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring