Qashqadaryoda 23 kishi ovqatdan zaharlandi
Qashqadaryoda 23 kishi ovqatdan zaharlandi. Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 2018 yil 29 sentyabr kuni soat 21:25da olingan maʼlumotga asosan, joriy yilning 28 sentyabr kuni viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 16 nafar va 29 sentyabr kuni 7 nafar, jami 23 nafar fuqarolar ovqatdan zaharlanish “Oʻtkir gastroenterit” tashxisi bilan yotqizilgan.
Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar tarqtadi.
Xabarda aytilishicha, ular joriy yilning 27 sentyabr kuni Qarshi shahridagi “Baxtli oila” toʻyxonasida toʻy marosimida turli hildagi oziq-ovqat mahsulotlarini aralash isteʼmol qilishgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring