Qashqadaryoda 17 yoshli qiz oʻzini 16 qavatli uy tomidan tashladi
Illyustrativ foto
Qarshi shahrida 17 yoshli qiz 16 qavatli uyning tomidan oʻzini tashlab, halok boʻldi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning maʼlum qilishicha, hodisa bugun, 7-fevral kuni soat 09:35 larda yuz bergan.
Qarshi shahar “Naqshab” MFYda yashagan, 2007-yilda tugʻilgan Z.Sh. “Navo” MFY Mustaqillik koʻchasida joylashgan 16 qavatli uyning yuqori tom qismidan oʻzini pastga tashlab, joniga qasd qilgan.
Hozirda mazkur hodisa yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring