Qashqadaryoda 15 yoshli oʻsmir oʻgay otasini pichoqladi

01:15 19 Dekabr 2021 Jamiyat
1382 0

Qashqadaryoda onasini himoya qilgan 15 yoshli oʻsmir oʻgay otasini pichoqlab oʻldirdi. Bu haqda Uznews xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, voqea sodir boʻlishidan bir necha soat oldin marhum erkak va uning rafiqasi mahalliy kafelardan birida spirtli ichimlik isteʼmol qilgan. Uyga qaytgach, er-xotin oʻzaro kelisha olmay, janjal qilishgan. Shundan soʻng erkak xotiniga tahdid qila boshlagan.

Er-xotinlar bilan birga ularning oʻgʻli ham bor edi. Vaziyatni kuzatayotgan 15 yoshli oʻsmir qoʻliga pichoq olib, onasini himoya qilmoqchi boʻlgan, erkakka bir necha marta pichoq urgan. Oqibatda jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Dehqonobod tuman prokuraturasi tomonidan 100-modda (Zarur himoya chegarasidan oshib ketganda qasddan oʻlimga olib kelish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер