Qashqadaryoda 14 yoshli bola mashina boshqarib, ikki doʻstining oʻlimiga sababchi boʻldi

11:20 24 Aprel 2025 Jamiyat
266 0

Videodan kadr

Qashqadaryo viloyatida avtomobil boshqargan 14 yoshli bola ikki doʻstining oʻlimiga sababchi boʻldi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 19-aprel kuni Qarshi tumani “Qozikent” mahallasida 14 yoshli bola otasining avtomashinasini ruxsatsiz haydab chiqib ketgan va boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl chetida toʻxtab turgan yuk mashinasiga urilgan. Bu vaqtda avtomashinada jami 5 kishi boʻlgan.

Hodisa oqibatida mashinada boʻlgan 2 nafar maktab oʻquvchisi voqea joyida halok boʻlgan.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va ayni damda Qarshi tuman ichki ishlar organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер