Qashqadaryo viloyati hokimiga maxsus topshiriq berildi
Kasallik turidan kelib chiqib, aholiga uy sharoitida bajara oladigan oddiy mashqlarni oʻrgatish orqali ham minglab odamlar sogʻligʻini tiklash mumkinligi taʼkidlandi.
Mahalladagi ijtimoiy xodimlar nogironligi bor uyga uy sharoitida qilinadigan mashqlar dasturi va sogʻlom ovqatlanish menyusini eslatma qilib tarqatishi belgilandi.
Reabilitatsiya ishlarining samarasi nogironligi borlarni harakati, muloqoti, oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatishidagi oʻzgarishlarga qarab baholanadi, buning uchun shifokorlarga ustama beriladi.
Qashqadaryo viloyati hokimiga reabilitatsiya boʻyicha tajriba yaratish topshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring