Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga “Aqlvoy” mobil guruhlari tashkil etilmoqda

16:06 06 May 2023 Jamiyat
1307 0

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Joriy yilning 5-may kuni Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan yurtimizning janubiy hududlari Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga “Aqlvoy” mobil guruhlarni tashkil etish maqsadida qayta jihozlangan ISUZU HC 40 avtobuslari yuborildi.

Agentlik rahbariyati tomonidan so‘zlangan nutqda, ushbu loyiha – olis va borish qiyin bo‘lgan tog‘li hududlar va qishloqlardagi bolalarga sifatli maktabgacha ta’lim olish imkoniyatini beruvchi innovasion yechim ekanligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab, mobil guruhlar bazasida maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning tumanlari (jami 16 ta) da amalga oshirildi va mobil guruhlarni “Uzavtosanoat” ko‘magi bilan zamonaviy talablarga javob beradigan va qayta jihozlangan 16 ta ISUZU HC 40 avtobuslarida tashkil etilgan.

Mazkur tajriba-sinov loyihasini amaliyotga joriy etish natijasida respublikamizdagi 40 ta mahallalarda 44 ta jihozlangan maydonchalar tashkil etilgan va respublikamizning eng chekka va olis hududlaridagi 1 600 nafarga yaqin maktabgacha ta’limga qatnamaydigan 3-7 yoshli bolalar qamrab olingan.

Xususan, 2021 yilda respublikaning barcha hududlariga “Aqlvoy” mobil guruhlarni tashkil etish maqsadida qayta jihozlangan 49 ta ISUZU HC-40 avtobuslari yuborildi va 98 ta o‘yin maydonchalari qurildi va jihozlandi.

Mazkur loyihaning ikkinchi bosqichida 294 ta mobil guruh tashkil etilib, unga qo‘shimcha 4 704 nafar bolalar qamrab olingan bo‘lsa, hozirda  65 ta ISUZU HC-40 avtobuslari bazasida 7 mingga yaqin 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qamrab olinib, 387 ta mobil guruhlari tashkil etildi va aholining 195 nafari (65 nafar haydovchi, 130 nafar tarbiyachi va tarbiyachi yordamchilari) ish bilan ta’minlandi.

Ushbu loyihaning navbatdagi bosqichiga ko‘ra, joriy yilning 5-may kuni Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala, Kitob, Dehqonobod tumanlarida 6 ta o‘yin maydonchalari (qurilib jixozlangan) tashkil etilib, 3 ta ISUZU HC-40 avtobuslari va shuningdek, Surxondaryo viloyatining Bandixon, Denov, Oltinsoy, Qumqo‘rg‘on tumanlarida 8 ta o‘yin maydonchalari (qurilib jixozlangan) tashkil etilib, 4 ta ISUZU HC-40 avtobuslari qayta jihozlanib yuborildi. Natijada,ushbu hududlarda 42 mobil guruhlari tashkil etilib, ularda 672 nafar maktabgacha yoshdagi bolalar maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinadi.

                    

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер