Qarshida qarovsiz qolgan bogʻcha bugun yangi qiyofada
Foto: Халқ сўзи
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi “Chaman” mahalla fuqarolar yigʻinida 120 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkilotining ochilishi qishloq aholisini, ayniqsa, ota-onalarni juda mamnun etdi. Hozirda muhtasham bir koshonasifat, koʻrkam bu bogʻcha rekonstruksiya ishlari natijasida mana shunday qiyofa kasb etdi.
— Bogʻcha binosi qarovsiz va xaroba holatga kelib qolgan edi, — deydi Qarshi tumani hokimining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Behroʻz Murodov. — 3 mlrd 150 mln soʻmlik qurilish-rekonstruksiya ishlari amalga oshirilgach, barcha qulaylikka ega, zamonaviy bogʻchaga aylandi.
Ayni paytda Qarshi tumanimizda xuddi shunday 27 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti, 138 ta davlat-xususiy sheriklik hamda oilaviy bogʻchalar faoliyat koʻrsatmoqda.
Faxriddin Bozorov, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring