Qarshida qayta tiklanuvchi energiya manbalari ishlab chiqaruvchilar klasteri tashkil etiladi
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi raisi M.Yunusov rahbarligida bir nechta qayta tiklanuvchi energiya manbalari ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlari, viloyat masʼullaridan iborat Ishchi guruhi Qarshi erkin iqtisodiy zonasiga tashrif buyurdilar.
Bundan asosiy maqsad aholi va ijtimoiy obyektlarni qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan toʻliq taʼminlash va uni amalga oshirish uchun ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, yangi korxonalar tashkil etish, investitsiya loyihalarini amalga oshirishdir. EIZning umumiy maydoni va infratuzilmasidan kelib chiqib, korxonalarni joylashtirish va ularga yetarli shart-sharoitlar yaratish, qoʻshimcha ish oʻrinlari tashkil etish vazifasi ham turibdi.
Korxona rahbarlari mazkur masala yuzasidan dastlabki tarzda oʻz takliflarini bildirdilar. Hududning iqtisodiy imkoniyatlari chuqur tahlil qilinib, kelajakda bu yerda qayta tiklanuvchi energiya manbalari ishlab chiqaruvchi klaster tashkil etilishiga kelishildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring