Qarshida “MAN” va “Nexia-3” toʻqnashdi
Joriy yilning 2-avgust kuni soat 14:50 larda, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Islom Karimov hamda Amir Temur koʻchalari kesishgan chorrahada haydovchi E.D. boshqaruvidagi “MAN“ rusumli yuk avtomobil hamda haydovchi I.U. boshqaruvidagi ”Nexia-3” rusumli yengil avtomobil ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻlgan. Bu haqda YHXBB xabar berdi.
Natijada, “Nexia-3” avtomobil haydovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring