Qarshida “Lacetti” yonib ketdi
Bugun Qarshi shahridagi markaziy koʻchalarning birida “Lacetti” rusumli avtomashina yonib ketgan. Qashqadaryo viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Maʼlum boʻlishicha, bugun taxminan soat 20:33 larda Qarshi shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimiga Qarshi shahar Mustaqillik koʻchasida avtomobilda yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisidagi xabar kelib tushgan.
Xabarga koʻra, voqea joyiga Qarshi shahar favqulodda vaziyatlar boʻlimidan 1 ta boʻlinma soat 20:35 da yetib borib, soat taxminan 20:41 lar atrofida yongʻinni toʻliq oʻchirgan.
Yongʻin oqibatida “Lacetti” rusumli avtomobil zarar koʻrgan. Moddiy zarari aniqlanmoqda. Yongʻin natijasida hech kim tan jarohati olmaganligi maʼlum boʻldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring