Qarshida 13 nafar oʻsmir zaharlandi
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialiga 19-dekabr kuni soat 06:50 da is gazidan zaharlangan jami 13 nafar oʻsmir keltirildi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Qarshi shahridagi xususiy oʻquv markazlaridan biriga tegishli yotoqxonada gaz bilan ishlaydigan isitish qozonidagi nosozlik mazkur noxush hodisaga sabab boʻlgan.
Oʻsmirlarning (hammasi oʻgʻil bola) eng kichigi 11, eng kattasi 14 yoshda. Ularning 3 nafari ogʻir, 5 nafari oʻrta ogʻir holda
shifoxonaga keltirilgan boʻlsa, qolganlariga ambulator sharoitda tibbiy yordam berilgan.
Koʻrsatilgan tibbiy xizmatdan keyin ularning barchasining ahvoli yaxshilangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring