Qarshi va Buxoro “bozorkom”larga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

21:14 04 Mart 2026 Jamiyat
482 0

Videodan kadr

Qarshi va Buxoro shaharlarida bozor rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi dehqon bozori raisi va nazoratchisi oʻzaro til biriktirib, bozor hududida yangi qurilgan, 110 m2 maydondagi savdo doʻkonini tadbirkorlik bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga, undan 80 ming AQSH dollari talab qilgan. Ular oldindan 30 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa holatda esa Buxoro shahridagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ulgurji sotiladigan bozor rahbari va ish yurituvchisi oʻzaro til biriktirib, bozor hududida yengil konstruksiyali savdo doʻkoni qurib, tadbirkorlik bilan shugʻullanishi uchun 120 m2 yer maydoni ajratib berish evaziga fuqarodan 11 ming dollar olgan vaqtida qoʻlga olingan.

Ayni paytda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a, v” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер