Qarshi shahrida raqamli bank ochildi
Foto: Халқ сўзи
Qarshi shahrida innovatsion yondashuvga ega raqamli bank – “TVS-bank” aksiyadorlik tijorat banki xizmatlar markazining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Bank oʻz mahsulotlari va xizmatlarini mijozlarga faqat ilovasi orqali taqdim etadi. Ayniqsa, bank oʻtkazmalari, kreditlar berish, depozitlar va boshqa xizmatlar shu ilova orqali amalga oshirilishi diqqatga sazovor.
– 30 yillik tarixga ega moliya muassasamiz Gruziya va Kavkazorti davlatlarida eng yirik banklardan hisoblanadi, - deydi “TVS-bank” bosh boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Hikoyat Dadaboyeva. – Bankimiz Oʻzbekiston bozoriga 2020-yilda kirib kelgan boʻlib, bugungi kunga qadar TVS UZ ilovasining 1 million martadan koʻproq qismi oʻzbekistonlik mijozlarimiz tomonidan yuklab olingani alohida eʼtiborga loyiq.
Aslida bu bankka mijoz kelmaydi, hammasi raqamli texnologiyalar orqali amalga oshiriladi.
– Bugun Qarshi shahrida ochilgan xizmatlar markazi ham boshqa shunday 20 dan ortiq markazlarimiz singari TVS brendi bilan yuzlashadigan joy boʻlib, bu yerga odamlar yordam va maslahatlar olish uchun kelishlari mumkin. TVS – shunchaki onlayn ilova boʻlib qolmasdan, innovatsion yechimlarni taqdim etuvchi brend ekanini foydalanuvchilar his etishlarini istaymiz,- deya qoʻshimcha qildi H. Dadaboyeva.
Raqamli bankning xizmatlar markazi ochilishi munosabati bilan yigirmaga yaqin yangi ish oʻrni yaratildi.
Faxriddin BOZOROV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring