Qariyb uch yil aliment toʻlamagan ota qamaldi

10:35 01 Mart 2021 Jamiyat
934 0

Buxoro shahar maʼmuriy sudining ochiq sud majlisida aliment toʻlashdan boʻyin tovlab kelgan otaga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish mazmunan koʻrib chiqildi.

MIB Buxoro shahar boʻlimi ish yurituvida boʻlgan fuqarolik ishlari boʻyicha Buxoro tumanlararo sudining 2018-yil 11-iyuldagi sud buyrugʻiga asosan qarzdor fuqaro I.Kashin undiruvchi Ye.Kashina foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taʼminoti uchun 2018-yil 11-iyuldan 2021-yil 1-fevralga qadar 7,4 million soʻm aliment pullarini toʻlashdan qasddan boʻyin tovlab kelgan.

– I.Kashinga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi, – deydi MIB Buxoro shahar boʻlimi davlat ijrochisi Elyor Joʻrayev. – Tegishli hujjatlar bilan birga sudga yuborildi. Sudning joriy yil 19-fevraldagi qarori bilan fuqaro I.Kashinga 15 (oʻn besh) sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер