Qanday niqoblar samaraliroq: bir martalikmi yoki paxtali?
Ushbu mavzuda tadqiqot olib borgan Illinoys universiteti olimlarining xulosalariga koʻra, paxta matosidan tayyorlangan koʻp qatlamli niqob virusdan tibbiy niqob kabi samarali himoya qila olmaydi. Ammo virusni tarqatadigan nafas olish tomchilarini muvaffaqiyatli ushlab qoladi.
Oʻz navbatida, Britaniya akademiyasi olimlari koʻp qatlamli matodan tikilgan niqoblarning nafas yoʻllari infeksiyasining tomchilar orqali tarqalish ehtimolini kamaytirishga yordam berishini aniqlashdi. Ularning yozishicha, zichligi 600 tola boʻlgan ikki qavat paxtali mato va shifondan tayyorlangan niqoblar 300 nanometrdan kichikroq boʻlgan zarralarning 80 foizdan koʻprogʻini va undan kattaroq zarralarning 90 foizdan koʻprogʻini filtrlay oladi.
Bundan tashqari, Illinoys universiteti olimlari toza paxtadan tikilgan va uch qavatli futbolka jarrohlik kiyimi kabi himoya darajasiga egaligini taʼkidlashmoqda.
JSST esa bu borada tibbiy boʻlmagan matodan tayyorlangan niqoblardan foydalanishda ularni kuniga kamida bir marotaba sovun yoki kir yuvish vositalari bilan issiq suvda (kamida 60 daraja) yuvishni tavsiya qilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring