Qanday niqob koronavirusdan maksimal darajada himoyalashi maʼlum boʻldi

12:11 25 Aprel 2020 Jamiyat
1310 0

Amerikalik fiziklar turli xil dizayndagi niqoblarni koronavirusdan saqlanish uchun sinab koʻrishdi va har xil turdagi matolarning ikki qatlamidan niqob qilish yaxshiroq degan xulosaga kelishdi. Masalan, paxta va ipak bunga mos keladi, deb xabar beradi ACS Nano.

Fiziklarning taʼkidlashicha, bunday niqoblar aerozol zarralarining kamida 80 foizini qamrab oladi, ularning samaradorlik darajasi AQSHda sogʻliqni saqlash xodimlari tomonidan ishlatiladigan N95 sinfli respiratorlarga yaqinlashadi. Matoning bir qatlamidan tikilgan niqoblar deyarli samara bermaydi. Ular faqat katta zarralar bilangina kurashadi.

Tadqiqotchilar, niqob yuzga mahkam oʻrnashishi kerakligini taʼkidladilar. Aks holda, uning samaradorligi 50 foizga yoki undan koʻproqga kamayadi.

JSSTning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda 2,6 milliondan ortiq odam koronavirusni yuqtirgan, 190 ming kishi vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер