Qanday matodan tayyorlangan kiyim koronavirusdan yaxshiroq himoya qila oladi?

19:41 18 Avgust 2020 Dunyo
835 0

Kanadaning Sogʻliqni saqlash agentligi va Manitoba universiteti olimlari paxtadan tayyorlangan kiyimlar hamda niqoblar koronavirusning inson terisi va shilliq pardalariga tarqalishining oldini olishini aniqlashdi.

Bu haqda “medRxiv” portalida hali klinik sinovlardan oʻtishi kerak boʻlgan tibbiy koʻrsatmalar keltirilgan tadqiqot xulosalarida aytildi.

Nima uchun paxta koronavirusdan yaxshiroq himoya qila oladi?

Olimlar qanchalar chidamli ekanligini tekshirish maqsadida SARS-CoV-2 virusini shaxsiy himoya vositalari uchun ishlatiladigan tibbiy koʻrik oʻtkazishda qoʻllanadigan nitril qoʻlqoplar, kimyoviy moddalarga chidamli qoʻlqoplar, N-95 va N-100 respirator niqoblari, Tyvek (yengil va pishiq mato), plastik va zanglamaydigan poʻlat hamda paxta kabi sakkiz xil matoga joylashtirishdi va 21 kun davomida kuzatishdi.

Natijada 100 foiz paxta matosiga qoʻllanganda, koronavirus bir kundan kamroq vaqt ichida yoʻq boʻlib ketgani, boshqa materiallarda esa uch haftagacha saqlanib qolganini aniqlagan tadqiqotchilar toʻplangan maʼlumotlar “tasdiqlangan koronavirus holatlarning yuqori foizini” tashkil etuvchi tibbiyot xodimlari uchun himoya vositalarini ishlab chiqishga yordam berishi mumkin, degan xulosaga kelishgan.

Ularning fikriga koʻra, paxta matosidan tikilgan niqoblaridan foydalanish foydali va xavfsizdir.

“Paxtaning oʻziga xos xususiyati yuqori gigroskopikligi boʻlib, sekin quriydi. Koronavirus esa barchaga maʼlumki, namlikdan qoʻrqadi”, deydi A. N. Kosigina nomidagi Rossiya davlat universitetining dekorativ-amaliy sanʼat va badiiy toʻqimachilik kafedrasi mudiri Irina Ribaulina.

Qozon Federal universitetining fundamental tibbiyot va biologiya instituti genetika kafedrasi professori Albert Rizvanovning izohlashicha, maʼlum bir materialda virusni oʻz ichiga olgan tomchilarning qanchalik tez qurishi uning yengilligi, atrof-muhit taʼsiri, masalan, quyosh nuriga qanchalik chidamliligi bilan bogʻliq.

Mutaxassisning fikriga koʻra, materialning oʻz sirtida virusni qancha vaqt ushlab turishi muhim emas, asosiysi, u ishlatishda gigiyena qoidalariga javob berishi, sterilizatsiya va avtoklav (asboblar va boshqa materiallarga yuqori bugʻ bilan ishlov berish) uchun qulay boʻlishi lozim.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер