Qanday insonlar uyqusizlikdan azob chekadi?
Foto: www.google.com
Mayns universiteti olimlari baʼzi toifadagi odamlar boshqalarga qaraganda koʻproq uyqusizlikdan aziyat chekishini aniqlashdi. Kasallikning sabablaridan biri esa ijtimoiy maqom ekanligi maʼlum boʻldi. Bu haqda “Rambler” xabar bermoqda.
Tadqiqot jarayonida olimlar 2515 kishi bilan suhbatlashdi. Natijada, keksalar, ayollar, ishsizlar, kambagʻallar hamda bevalar uyqusizlikka koʻproq moyil boʻlishi isbotlandi.
Tadqiqotning oʻtkazilishiga esa tibbiy sugʻurta hisobotlari sabab boʻldi. Unga koʻra, uyqu buzilishi — yoʻl-transport hodisalari va ish muhitidagi turli kasalliklarning debochasi hisoblanar ekan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring