Qanday hollarda goʻsht mahsulotlarini sotishga ruxsat berilmaydi?

15:18 01 Noyabr 2020 Jamiyat
1033 0

Ushbu savolga “Huquqiy axborot” kanali javob berdi.

Qayd etilishicha, quyidagi hollarda goʻsht mahsulotlarini sotishga ruxsat berilmaydi:

— soʻyilishi ixtisoslashtirilgan va mini soʻyish korxonalarida amalga oshirilmagan boʻlsa;

— goʻsht va goʻsht mahsulotlarini tashish uchun belgilanmagan transportda yetkazib berilgan boʻlsa;

— veterinariya hujjatlari boʻlmasa;

— ixtisoslashtirilgan soʻyish korxonasining F-200 shakldagi maʼlumotnomasi boʻlmasa;

— veterinariya-sanitariya ekspertizasining xulosasi (maʼlumotnomasi) boʻlmasa;

— oyoqlari va bosh qismi jun bilan birga boʻlsa, shuningdek parranda va qushlarning patlari yulinmagan boʻlsa;

— xona yoki koʻcha haroratida ilgakka osilgan yoki yerga (ochiq rasta ustiga) ochiq holda qoʻyilgan holatda boʻlsa;

— veterinariya-sanitariya jihatidan xavfsizligi kafolatlangan goʻshtlarning yagona elektron maʼlumotlar bazasiga kiritilmagan boʻlsa.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер