Qanday amallar roʻza buzilishiga sabab boʻladi?

22:34 28 Aprel 2020 Jamiyat
3926 0

Musulmonlar idorasi roʻza buzilishiga sabab boʻladigan amallar roʻyxatini eʼlon qildi.

Quyidagi amallar orqali roʻza buziladi va faqat qazo roʻza tutish vojib boʻladi:

1. Roʻzani safarga chiqish, kasallik, hayz-nifos va aqldan ozish kabi sabablar bilan buzilsa;

2. Odatda tanavvul qilinmaydigan narsalar, masalan, qogʻoz va loy kabilarni isteʼmol qilinsa;

3. Tosh, temir, oltin, kumush va boshqa qattiq jismlarni yutilsa;

4. Zoʻrlanganlik oqibatida yeb-ichilsa;

5. Hali tong otmadi deb oʻylab yeb-ichish yoki jinsiy aloqa qilib qoʻyilsa-yu, aslida tong otib boʻlgan boʻlsa yohud kun botdi degan gumon bilan ogʻizni ochib qoʻysa-yu, buning aksi boʻlib chiqsa;

6. Ogʻiz yoki burunni chayishda ehtiyotsizlik tufayli suvni ichkariga kiritib yuborsa;.

7. Qasddan koʻngilni aynitish tufayli ogʻizdan toʻlib qayd qilsa;

8. Qor yoki yomgʻir ogʻizga tushsa;.

9. Tutunni qasddan hidlasa;

Tishlar orasida qolgan noʻxot va undan katta hajmdagi ovqat qoldigʻini yutsa;

10. Roʻzani unutib yeb yoki ichib qoʻygach, endi roʻzam ochilib ketdi degan gumon bilan tanavvulni davom ettirsa;

11. Tundan niyat qilmagani uchun roʻzani buzsa;

12. Kun yarmidan keyin safarga chiqib, roʻzani ochib yuborsa;

13. Niyat qilmay kun boʻyi yemoq va ichmoqlardan tiyilib yursa;

14. Quloqqa tomizilgan yogʻ yoki suvning mazasini halqumida sezsa;

15. Burunga dori tomizsa;

16. Klizma qilsa;

17. Ayolini quchish yoki oʻpish tufayli maniy chiqsa;.

18. Qorindagi yaraga qoʻyilgan dorini oshqozonga va boshdagi yaraga qoʻyilgan dorini dimogʻga yetsa;

Ushbu yuqorida sanab oʻtilgan amallardan birini qilgan kishi Ramazonning hurmati uchun kunning qolganini oʻzini tiyish bilan oʻtkazishi zarur boʻladi hamda bir kuniga bir kun roʻza tutib beradi...

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер