Qamishdan sanoatbop mahsulot ishlab chiqariladi
Illyustrativ foto
Moʻynoq tumanidagi “Moʻynoq LDSP” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan qamishdan DSP ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.
Qiymati 8 million AQSH dollariga teng boʻlgan loyihaga koʻra, mahalliy xom ashyodan yiliga yiliga 50 ming kubometr DSP ishlab chiqariladi. Bu orqali 200 kishining doimiy hamda 500 kishining mavsumiy bandligi taʼminlanadi.
Umuman, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2019 — 2021-yillarga moʻljallangan investitsiyaviy dasturiga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasida mahalliy xom ashyodan DSP ishlab chiqarish boʻyicha qiymati 80 million 800 ming AQSH dollariga teng boʻlgan 11 ta loyiha amalga oshirish koʻzda tutilgan.
Hidoyat AHMEDOV
(“Xalq soʻzi”)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring