Qamchiqdagi holat bartaraf etilmoqda

21:17 16 Mart 2022 Jamiyat
1210 0

Foto: Халқ сўзи

Keyingi kunlarda yogʻingarchilikning muttasil davom etayotgani Fargʻona vodiysini Toshkent viloyati bilan bogʻlovchi Qamchiq dovonidagi A-373-avtomobil yoʻlida ham bir qator noqulayliklarni yuzaga keltirmoqda.

Jumladan, bugun 16-mart kuni, soat 10:30larda “Qamchiq” maxsus qidiruv, yongʻin-qutqaruv boshqarmasiga “Angren – Pop” elektrlashtirilgan temir yoʻlining 71-kilometri va A-373-avtomobil yoʻli “Toshkent – Vodiy” yoʻnalishining 232,2 kilometrida yoʻl chetiga tosh-tuproq massasi koʻchib tushgani toʻgʻrisida xabar berildi. Ushbu holat yuzasidan FVVning “Qamchiq” MQYOQB qutqaruvchilari va tegishli tashkilot xodimlaridan tuzilgan maxsus guruh zudlik bilan voqea joyiga yetib bordi. Vaziyat tezkorlik bilan oʻrganilib, sodir boʻlgan holat oqibatlari bartaraf etilmoqda.

Hozirda Qamchiq dovoni orqali avtomobil qatnovini muttasil tartibga solish, harakatlanish davomiyligini izdan chiqarmaslik uchun dovon boʻylab yana 3 ta qoʻshimcha mexanizatsiyalashtirilgan post tashkil etilgani haqida xabar qilinmoqda.

Shodiyor MUTAHAROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер