“Qamchiq” dovonida yuk mashinasi xandaqqa tushib ketdi
Videodan kadr
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari “Qamchiq” dovonida xandaqqa tushib ketgan yuk avtomobilini olib chiqdi, deb xabar bermoqda vazirlik axborot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, kecha, 15-aprel kuni A-373 avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovonidan oʻtgan qismida “Vodiy-Toshkent” yoʻnalishida harakatlangan DAF rusumli yuk avtomobil haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida yoʻlning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketgan.
Shundan soʻng, hodisa toʻgʻrisida “Qamchiq” maxsus qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan. Aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borib, maxsus texnika yordamida yuk avtomobilini xavfsiz hududga olib chiqqan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring