“Qamchiq” dovonida yana bir yuk avtomobili yonib ketdi
Videodan kadr
“Qamchiq” dovonida old gʻildiragi chiqib ketgan yuk avtomobilida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda YHXX axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa bugun, 5-noyabr kuni soat 13:30 larda “Qamchiq” dovoni hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining 258-kilometrida sodir boʻlgan. “Toshkent-Vodiy” yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan yuk avtomobilining old gʻildiragi chiqib ketgan va mashinada yongʻin chiqqan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq. Voqea joyida “Qamchiq” dovoni boʻyicha YPX otryadi va FVV xodimlari holatni toʻliq nazoratga olgan.
“Ushbu yoʻnalishda harakat vaqtinchalik toʻxtatilgan. Yongʻin oʻchirilgach harakat zudlik bilan ochiladi”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring