“Qamchiq” dovonida “Volkswagen” avtomobili xandaqqa tushib ketdi (+video)
“Qamchiq” dovonida xandaqqa tushib ketgan avtomashina va uning haydovchisi chiqarib olindi. Bu haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Unda aytilishicha, bugun, 18-oktyabr kuni soat 07:10 da A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovonidan oʻtgan qismida “Vodiy-Toshkent” yoʻnalishida harakatlangan “Volkswagen” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida yoʻlning xandaq qismiga tushib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan amaliy yordam zarurligi toʻgʻrisida “Qamchiq” maxsus-qidiruv yongʻin-qutqaruv boshqarmasiga murojaat kelib tushgan.
Ushbu murojaatga asosan, bir guruh qutqaruvchilar aytilgan manzilga yetib borib, maxsus-texnika va asbob-anjomlar yordamida haydovchi va avtomobil xandaqdan olib chiqilgan.
Vazirlik bergan maʼlumotlarga koʻra, mazkur hodisa oqibatida tan jarohati olganlar aniqlanmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring