“Qamchiq” dovonida qor yogʻmoqda
“Qamchiq” dovonidan oʻtgan A-373 avtomobil yoʻlining 218-256 kilometrlari oraligʻida qor yogʻmoqda.
Dovon yoʻli maxsus texnikalar yordamida qordan tozalanmoqda. Qum-tuz aralashmasi sepilib, muzlamalarni bartaraf qilish choralari koʻrilmoqda.
Haydovchilardan ehtiyotkor boʻlishlari, oraliq masofani saqlab, tezlikni meʼyordan oshirmasdan harakatlanishlari soʻralmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring